Hokimiyat rasmiy saytiga e'tiroz
Samarqand viloyati hokimligi rasmiy sahifasida (shahar hokimliginikida ham) notoʻgʻri ma'lumot keltirilgan.
«Samarqand» — qadimiy sugʻdiy «asmara» (tosh) va «kanda» (shahar) soʻzlaridan kelib chiqib, «toshli shahar» ma'nosiga ega (bu haqda batafsil mana bu yerda). Shahar uch tomondan togʻlar bilan oʻralgani bois, shunday nom olgan va aynan shu sabab, ya'ni xavfsizlik nuqtai nazaridan, tarixda koʻplab davlatlarga poytaxt vazifasini oʻtagan.
Saytingizda yozilganidek, tadqiqotchilarning qariyb barchasi «kent» soʻzini turkiyga bogʻlamaydi. Butunjahon tarixchilar hamjamiyati shahar nomini aynan sugʻdiy kelib chiqishini faktlar asosida isbotlab, shu variantni qabul qilgan. «Kent» — bu sugʻdiy «kanda» soʻzining buzilib talaffuz qilinishidan kelib chiqqan yangi soʻzdir. Bunday soʻzlar oʻzbek tilida juda koʻp, masalan: «Аmriqo» (Аmerika), «Quriya» (Koreya), «Jopon» (Yaponiya), «Farangiston» (Fransiya) v.b.

Comments
Post a Comment
Comments