Qoidabuzar №1
Mixaylo Fyodorov «Politiko» nashrida Ukraina Raqamli islohotlar vazirining davom etayotgan urushda bajargan amaliyotlari hamda noodatiy qadamlari haqida maqola e'lon qilindi . Quyida, ushbu qiziq matnning oʻzbek tilidagi tarjimasini oʻqishingiz mumkin. Rossiya oʻzining gʻarbiy qoʻshnisiga bostirib kirganidan bir necha kun oʻtgach, Ukrainaning 31 yoshli Raqamli islohotlar vaziri Mixaylo Fyodorov jahonning ba'zi yetakchi texnologiya kompaniyalari rahbarlarini Moskva bilan aloqani uzishga undash harakatlarini boshlab yubordi. U Tim Kukdan «Apple» mahsulotlarini Rossiyada sotishni to'xtatish, Ilon Maskdan ukrainaliklarga internetga chiqish uchun «Starlink» sun'iy yoʻldoshlarini ajratish, Rid Hastingsdan «Netfliks»-ni Rossiyadan uzishga chaqirdi. Ushbu yuqori darajadagi iltimoslar Fyodorovning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning eng yaqin yordamchilaridan biri sifatidagi rolining faqat bir qismidir. Qiziqchini davlat rahbari vazifasiga saylanishiga oʻz hissasini qoʻsh...