Qoidabuzar №1

Mixaylo Fyodorov

«Politiko» nashrida Ukraina Raqamli islohotlar vazirining davom etayotgan urushda bajargan amaliyotlari hamda noodatiy qadamlari haqida maqola e'lon qilindi. Quyida, ushbu qiziq matnning oʻzbek tilidagi tarjimasini oʻqishingiz mumkin.

Rossiya oʻzining gʻarbiy qoʻshnisiga bostirib kirganidan bir necha kun oʻtgach, Ukrainaning 31 yoshli Raqamli islohotlar vaziri Mixaylo Fyodorov jahonning ba'zi yetakchi texnologiya kompaniyalari rahbarlarini Moskva bilan aloqani uzishga undash harakatlarini boshlab yubordi. U Tim Kukdan «Apple» mahsulotlarini Rossiyada sotishni to'xtatish, Ilon Maskdan ukrainaliklarga internetga chiqish uchun «Starlink» sun'iy yoʻldoshlarini ajratish, Rid Hastingsdan «Netfliks»-ni Rossiyadan uzishga chaqirdi.

Ushbu yuqori darajadagi iltimoslar Fyodorovning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning eng yaqin yordamchilaridan biri sifatidagi rolining faqat bir qismidir. Qiziqchini davlat rahbari vazifasiga saylanishiga oʻz hissasini qoʻshgash, sobiq Raqamli marketing vazirligini Kremlga qarshi raqamli urushning markaziga aylantirdi.

Uning jamoasi minglab ukrainalik va xorijiy kibermutaxassislarni Rossiya hujumlariga qarshi kurashish va qarshi hujumga oʻtish uchun Kremlning zaif nuqtalarini topib, ularni nishonga olish maqsadida yolladi. Bundan tashqari, u davom etayotgan urush harakatlari uchun mavjud texnologiyalarni qayta jihozlashga talpindi. Muhim jihat: davlatga tegishli avtomashinalarni roʻyxatga olish raqamli xizmatidan rus qoʻshinlari harakatini kuzatish uchun foydalanishni yoʻlga qoʻydi.

«Politiko» nashriga bergan intervyusida, «Ukraina IT Armiyasi», deb ataladigan kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislar va isyonchi hakerlardan iborat fuqarolar armiyasiga ishora qilib, «bu – fuqaroviy tashabbus boʻlib, safimizga ham jismoniy shaxslar, ham kompaniyalar qoʻshilmoqda", – dedi u.

Fyodorov ijtimoiy tarmoqlardagi qobiliyatidan Gʻarb kompaniyalarini Rossiyaning raqamli xizmatlardan foydalanishiga nisbatan qoʻshimcha cheklovlarni oʻrnatishga chaqirish yoʻlida foydalanmoqda.

Manba: Politico.

Comments